Dsh-Jm: 09.00 - 19.00
Sh-Yak: 10.00 - 18.00
MB kursi
10.682,01 sum
12.417,84 sum

Elektrotovarlar, elektronika va maishiy texnikalar internet do‘koni Rahmat.uz

Assalomu alaykum, hurmatli mehmon! Bizning yangi loyihamiz — Rahmat.uz’ga tashrif buyurganingiz uchun rahmat. Siz bizning xizmatimizdan foydalanib xaridni amalga oshirishingiz yoki siz uchun qiziqarli bo‘lgan tovarlar bilan tanishishingiz mumkin. Agar sizga maslahatimiz kerak bo‘lsa, quyidagi xizmatlardan biri orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:

  • Qayta qo‘ng‘iroq
  • Qo‘ng‘iroq qiling: +99878 120 09 09
  • Elektron pochtaga yozing: info@rahmat.uz
  • Savollarni bevosita tovarning kartochkasiga yozib qoldiring.

Rahmat.uz internet do‘koni assortimentida kabellar, elektr simlari, emallangan simlar, chiroqlar, yoritgichlar va boshqa ko‘plab tovarlar mavjud.

E‘tiboringizga Rahmat.uz internet do‘koni prays-listini havola qilamiz. Unda siz tovarlar narxi bilan tanishib, amaldagi narxlardan boxabar bo‘lib borishingiz mumkin.

Biz haqimizda

Bizning yosh, ammo ambisiyasi yuqori Rahmat.uz jamoasi o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘ygan: shunday onlayn do‘kon yaratmoqchimizki, unga tashrif buyurgan har bir mijoz bizga rahmat aytadi.

Biz sinovdan o‘tgan va ishonchli tovar yetkazuvchilar bilan hamkorlik qilamiz. Bu orqali mijozlarimizning turli talablarini maksimal darajada qondirishga harakat qilamiz.

Bizning ustun jihatimiz:

Tezkor yetkazib berish

Bizning guruhimiz istalgan vazn va har qanday o‘lchamdagi texnikani, hattoki lift ishlamayotgan bo‘lsa ham, yuqori qavatlarga chiqarib beradi.

Tovar yetkazilishidan bir soat oldin mutaxassislarimiz mijozga qo‘ng‘iroq qilishadi.

Rahmat.uz tovarni yetkazish jarayonida uning bus-butunligi uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

Kafolat.

Buyurtma yetkazilishidan mutaxassislarimiz uning bus-butunligini hamda texnikaning ishlashini diqqat bilan tekshirishadi.

Texnikada qandaydir nosozlik aniqlansa, yetkazish xizmati do‘kondan yangi tovarni bepul yetkazib beradi.

Bir nechta tovar buyurtma berilganda, barcha texnika bir vaqtda yetkazib beriladi

Xushmuomala xizmat.

Bizning qo‘llab-quvvatlash operatorlarimiz, zarurat tug‘ilsa, Sizda yuzaga kelgan savollarga xushmuomalalik bilan javob berishga tayyor.

Rahmat.uz saytida xaridorlarning rostmana fikrlari joylashtirilgan. Siz tovarlar haqidagi havolalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali bo‘lishishingiz yoki boshqa iste‘molchilardan texnikani ishlatish bo‘yicha jo‘yali maslahatlar olishingiz mumkin.

Raqobatbardosh narxlar.

Biz imkon qadar hammabop narxlar belgilashga harakat qildik. Bu orqali siz uydan chiqmay turib amalga oshirgan xaridingizdan rozi bo‘lasiz.

Buyurtmani rasmiylashtirishning qulay uslubi.

Buning uchun ismi-sharifingiz, manzil va telefon raqamingizni qoldirsangiz kifoya. Boshqa ma‘lumot talab etilmaydi.